Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan mamlakatda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish ishiga izchil kirishildi. О`zbekiston taraqqiyotining “О`zbek modeli” ishlab chiqildi. Bu modelning asoschisi О`zbekiston Prezidenti Islom Karimovdir. Model iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlat bosh islohotchi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy-siyosat yurgizish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadi. Ana shu tamoyillarga asoslangan О`zbekistonda mustaqillik yillarida barcha sohalarda jadal rivojlanishlar amalga oshirilmoqda. U iqtisodiyot hamda ijtimoiy hayotning barcha yо`nalish va tarmoqlaridagi tub о`zgarishlar bilan mustahkam bog`langandir.