Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, tahlim va madaniyatning istiqbolli rivojlanishini aks ettirishi kerak. Malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy o’quv yurti yoki fakulg’tetning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi
Malakaviy ishlar mavzusining yillik ro’yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida ehlon qilinadi. Talabalarga (reytinglari bo’yicha kamayish tartibida) malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o’qishi uchun to’lov-kontrakt mablag’ini to’lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo’yicha o’z variantlarini taklif etishlari mumkin. Malakaviy ish mavzusi va rahbarini talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo’yicha rektorning buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.