Bu uslubiy ko`rsatma oliy o`quv yurtlarning menejment, iqtisod va marketing yo`nalishida tahsil olayotgan barcha guruhlarda ingliz tilini o`rganayotgan talabalar uchun mo`ljallangan. Ko`rsatma ikki o`quv mavsumiga mo`ljallangan bo`lib, u 64 soatdan iboratdir. Mashg`ulotning tarkibiga asosiy matnlardan tashqari, grammatik mashqlar, matn oldi va matndan keyingi mashqlar, atamalar berilgan. O`qish qoidalarini mustahkamlash inglizcha o`zbekcha lug`atdan foydalanishni o`rganish mashqlari, og`zaki nutqni rivojlantirish, savol-javob mashqlaridan keng foydalanilgan. Bu topshiriqlar darsni puxta o`zlashtirish imkoniyatini beradi.