Oxirgi yillarda informasion texnologiyalar o`quv jarayonida jadal kirib kelmoqda. Jumladan, masofali o`qitish tizimi, o`qitishda internet tarmog`idan foydalanish, multimediali elektron darsliklar, raqamli laboratoriya modellari, Respublikamiz oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida keng qo`llanilmoqda. Tajriba shuni ko`rsatadiki, kompyuter grafikasi bilan ishlashni o`rganishni boshlagan foydalanuvchilar EHM qurilmalarining tuzilishi bilan tanishmasdan turib o`z bilimlarini mustaqil chuqurlashtira olmaydilar.