Ushbu muamolli ma`ruzalar to`plami “Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi” dasturiga kiruvchi barcha mavzularni qamrab olgan bo`lib, pedagogika va psixologiya yo`nalishi bo`yicha tahsil olayotgan talabalarga mo`ljallangan to`plamda har bir mavzu yuzasidan asosiy iboralar mohiyati ochib berilgan, nazorat va test savollari, foydalanish uchun adabiyotlar tartibi kiritilgan. Shuningdek, talabalar uchun o`z-o`zini tekshirishga va individual xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan psixologik masalalar berilgan.