Sanoatning ko`pgina tarmoqlari, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida moddaning sarfi, miqdori va hajmini o`lchash, ularni tekshirish va boshqarishda hamda kerakli xom-ashyo, yarim mahsulot va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy o`rin egallaydi.
Moddaning miqdori deb ma`lum vaqt oralig`ida quvurning yoki boshqa tashuvchi qurilmasining ko`ndalang kesimidan o`tadigan moddaning massasi yoki hajmining yig`indisiga aytiladi. Moddaning miqdori hajm yoki massa birliklarida ifodalanadi. Hajmning asosiy birligi metrkub (m3), massaning asosiy birligi esa kilogramm (kg). Asbob orqali oqib o`tayotgan moddaning massasi yoki hajmini vaqtning istalgan oralig`ida o`lchaydigan asbob hisoblagich (schyotchik) lar deyiladi.