Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo`ljallangan eng muhim ustuvor yo`nalishlarga bag’ishlangan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasida 2011 yilda kasb-hunar kollejlarini tamomlaydigan 450 mingdan ortiq o`quvchini ishga joylashtirish masalasiga juda katta e`tibor qaratildi. Bu borada Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, ayniqsa, Qoraqalpog’iston Respublikasi rahbariyati, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlari ushbu mas`uliyatli vazifa bo`yicha javobgar ekanliklari ta`kidlab o`tildi.