Insoniyat tarixida 200 dan ortiq kalendarlar ishlatilgan. Shu paytgacha boshqa kalendarlar tarixini o`rganib, Qadimgi Xorazm kalendari haqida deyarli ma’lumotga ham ega emas edik. Xorazm qadimgi ilm-fan beshigi, “Avesto” 2700 yilcha muqaddam shu zaminda vujudga kelgan deb xulosa chiqarar ekanmiz, Xorazm kalendari ham shundan uzoqroq vaqtga, tarixga ega.