Kelin tushirganimga chamasi ikki oycha bo`ldi. Shu desangiz kelinim rosa chaqqon, xushmuomala chiqib qoldi. Yelib-yugurib xizmatimni qiladi. “Oyijon choyingizni yangilab beraymi, oyijon oyoqingiz og`rimayaptimi...?”-deb atrofimda girdikapalak bo`ladi. Kecha g`alati ish bo`ldi. O`g`lim kelinim bilan birga qaynonasinikiga ketishgandi, mehmondan keldilar-u, ikkalasi ham indamay xonasiga kirib ketishdi. Kelinim sumkasini mahkam ushlab olgandi. Qiziq qudam nima berib yuboribdi, deb rosa qiziqdim. Kechqurun sekin yurib, kelinimni xonasining eshigiga quloq tutsam, sharmanda…
-Voy asalim, shirinim, shakarim, ko`zlaringiz buncha munchoqdek qop-qora bo`lmasa – deyabdi deng. Og`zim ochildi-qoldi. Xali bu kelinni yuvvoshgina, sodda ekan desam, ichidan pishgan mug`ombir chiqdi-yu, deb indamay yana xonamga qaytdim. Ertalab nonushtaga o`tirdik, kelinim xizmat qilyapti-yu, xa deganda xonasiga yugurib kiradi, birozdan so`ng yugurib chiqadi. O`g`lim indamay choy ichyapti.