Mening qobiliyatli farzandim asaridan

Mening qobiliyatli farzandim asaridan
Daraja:
Umumiy o`rta ta`lim
Turi:
Asarlar
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-13 07:04:58
Men kelajakda qanday voqea-hodisalar yuz berishini oldindan bilish qobiliyatiga ega ekanimdan o’zim ham ba’zida hayratga tushaman. O’g’lim birovlarning devorlaridan chaqqonlik bilan o’tganida, u vaqti soati kelib Gannibal bo’ladi, u kabi Al’p tog’laridan epchillik bilan o’tib ketadi, ustimdan sakrayotganida esa, o’g’lim beliga qilich boylab, qator otlar ustidan sakragan Milosh Voynovich bo’ladi deb, o’zimni ovutar edim. Qurmag’ur qo’shnilarning tovuqxonalaridan tuxum o’g’irlab qochgan paytida esa uni Yevropani zabt etgan buyuk Napoleon bo’ladi, deb o’zimni yupatardim. Biroq tez orada u shunday noma’qul hunarlar ko’rsata boshladiki, men o’zimni ovutishga biror bahona, ovunch topa olmay xunob bo’lardim. Jumladan, u qo’shnilarning oynalarini chilparchin qilib sindiradi. Bu hali hech narsa emas, chunki hamma buyuk shaxslar bolaligida qo’shnilarning iynalarini sindirganlar. Xullas, men undan nimalar kutishni ham bilmasdim. Uning qiliqlari bir-biriga o’xshamas edi. Bir kuni meni eng yaxshi pal’tom etagini qirqib, undan bayroq yasabdi. Uning ostiga u o’zining katta qo’shinini yig’ib, uyimni qurshab olib, hujum boshladi. Jangchilar na oynalar, na poliz ekinlarini pisand qilmay, “qal’a”ni zabt etdilar. So’ng ushbu g’oliblar haqiqiy xunrezlikni amalga oshirdilar, ya’ni barcha jo’jalarimning bo’ynini qayirib o’ldirdilar.

Дабавлено : 2021-04-13 07:04:58

Этот категорий

O`zbek tili 2-sinf Qoraqalpoq tilida

O`zbek tili 2-sinf Qozoq tilida

O`zbek tili 2-sinf Rus tilida

O`zbek tili 2-sinf Turkman tilida

O`zbek tili 2-sinf Tojik tilida

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш