Tabiat tug`ilish, abadiy mavjudlikni va yaratuvchilikni bildiradi. Tabiat, eng
avvalo, barcha narsalarning onasi hisoblanadi. Tabiatning subyekti, uning tarkibiy qismi va yaratilish mahsuli inson hisoblanadi. Inson tabiatning bir bo`lagi sifatida uning go`zalligini doimo kuylab kelgan. Tabiat va olamning yaralishi va go`zalligini turli-tuman afsonalarda kuylashgan. Qadimgi afsonalarda dunyoning go`zalligi kuylangan va kartinalari yaratilgan. Afsonalarda yil fasllari, suv kuchi, yer va quyosh, gullash va hosildorlik xudolari tasvirlangan. Tabiat bor go`zalligi bilan ko`rsatilgan.