Uzluksiz ta’lim-tarbiya rasman bog‛chadan boshlab malaka oshirish
kurslarida o‛qish bilan tugallanadi. Inson kamolatida har bir davr muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa bo‛yicha dars beruvchi pedagoglarning hozirgi kundagi asosiy vazifasi haqida yurtboshimiz o‛z asarida shunday fikr bildiradi: “... agar insonning qulog‛i yengil-yelpi ohanglarga o‛rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma’naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam “Shashmaqom” singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilish qiyin bo‛ladi... musiqiy ta’limni yanada rivojlantirish masalalari o‛ta muhim ahamiyat kasb etadi”.