Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo`lib, o`z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Jamiyatimiz sosial tizimining muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo`lakchalarning o`ziga xos tomonlarini, o`zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o`rganib, to`g`ri boshqarish muhim ahamiyatga ega.