O`rta Osiyo xalqlari tarixi juda qadimiy tarix. U qadimgi tosh davrining аshel bosqichiga borib taqaladi. O`rta Osiyoning qadimgi xalqlari tarixi avvalambor Xorazm, Turkmaniston, Tojikiston hududlaridan topilgan arxeologik yodgorliklar va ilk yozma manba hisoblangan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi ―Avesto‖ asosida o`rganilgan. ―Avesto‖ning ―Videvdat‖ kitobida O`rta Osiyoning qadimgi viloyatlari va xalqlarining nomlari tilga olingan.