Mustaqillik yillarida xalq xо`jaligining muhim tarmoqlaridan biri bо`lgan qishloq xо`jaligida ulkan о`zgarishlar amalga oshirilmoqda va sohada islohotlar jadal suratlar bilan, bozor iqtisodiyotiga mos ravishda rivojlantirilmoqda. Qishloq mehnatkashlari ilgari mutlaqo davlat tasarrufida bо`lgan yerdan uzoq muddatli ijara shaklida, jamoa, fermer va dehqon xо`jaliklari sifatida mustaqil ravishda samarali foydalanmoqda va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatni esa qimmatbaho xom-ashyo mahsulotlari bilan ta’minlash borasida katta yutuqlarga erishmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xо`jaligini isloh etish hukumatimizning birinchi darajadagi - asosiy galdagi vazifasi bо`lib kelmoqda. Hozirgi vaqtda jamiyatimizning tubdan yangilanishi, demokratik jarayonlarning rivojlanishi kо`p jihatdan qishloq xо`jaligida islohotlarning qanday ketayotganligiga va bu о`zgarishlar qishloq hayotining barcha jabhalariga jadal kirib borayotganligiga bog`liq.