Bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan, imkoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyat-shunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdur uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdur tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda.