Yurtimizda sog`lom va barkamol avlodni
tarbiyalash, yoshlarning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish
uchun barcha sharoitlar yaratilgan va amalga oshiriladigan vazifalar belgilangan.
Bu vazifalarni amalga oshirishning birdan – bir yo`li ta’lim standart tizimini
tinmay takomillashtirish orqali yosh avlodni ilm – fan asoslari bilan chuqur
qurollantirishdir. Zero, ilm olish yo`lidagi izlanish insonning e’tiqodi va
dunyoqarashini shakllantiradi, ma’naviy – axloqiy kamolot sari yetaklaydi.