Tarbiyachi va ota-onalar uchun bolalarni jismoniy barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishda nimalarga e`tibor qaratish kerak? Bu borada qanday mashg`ulotlar katta ahamiyat kasb etadi? Avvalo qaysi jismoniy sifatlar va ko`nikmalarni rivojlantirish zarur? Bu masalada ikkala yo`nalish ham juda katta ahamiyatga ega. Zero shu yo`nalishdagi biron-bir yetishmovchilik, kamchilik albatta tez orada bilinadi.