Mavzuning dolzarbligi yana shu bilan ham izohlanadiki, “Har qanday jamiyat taraqqiyoti, eng avvalo, fuqarolarning ma’naviy-ahloqiy etukligi, ishlab chiqarish salohiyatiga egaligi bilan belgilanadi”.
Ta’lim tizimida o’tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tadqiq etishning dolzarbligi ular bajaradigan funktsiyalar bilan bog’liq. Bu funktsiyalar orasida o’quvchilarni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash muhim o’rin tutadi.