Mamlakatimizda turizm sohasini har tomonlama rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar oqimini ko`paytirish, xizmat ko`rsatish sifatini yuksaltirishga alohida e’tibor berilmoqda. O`zining bebaho madaniy merosi, tarixiy yodgorliklari bilan mashhur bo`lgan Xorazm vohasi, xususan, ochiq osmon ostidagi muzey deya e’tirof etiladigan Xiva turistik shahri ham qaytadan chiroy ochmoqda.