Malakaviy bitiruv ishining maqsadi–odamlarda gipertoniyaning yuzaga kelishi bilan bog’liq bo`lgan yuqori qon bosimi yuzaga kelgan holatlar sabablarini o`rganish, gipertonik kasalliklarni aniqlash, oldini olish va buning uchun tegishli tadqiqotlarni olib borish va ilmiy asoslangan tavsiyalarni yoritib berishdan iboratdir. Mavzuning ahamiyatli tomoni shundaki, malakaviy bitiruv ishida keltirilgan ma’lumotlar asosida avvlo har bir inson to`g`ri rejalashtirilgan kun tartibiga rioya qilishi, sog`lom turmush tarziga ega bo`lishi va albatta o`z vaqtida tibbiy profilaktik ko`riklardan o`tib jismoniy, badantarbiya mashg`ulotlarini bajarib turushlari zarur hisoblanadi.