Paxta tоlasi tuzilishi jihatidan qiyin to`qiladigan tоlali materiallar turiga kiradi. Paxta tоlalarining elastiklik kuchi ularni saqlash vaqtida paxtani o`z-o`zidan o`ta zichlanib qоlishiga yo`l qo`ymaydi, shuning uchun uning pallari оrasi va ichki hajmining bir qismi havо bilan to`lgan bo`ladi. Chigitli paxtaning bu xususiyatlaridan uni qizigan vaqtida sоvitish va quritish uchun fоydalaniladi.