: O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti yildan – yilga barqarorlashib bormoqda. Bunga O’zbekistondagi korxonalarni qo’llab – quvvatlash hisobiga erishilmoqda. Respublikamizda hozirgi kunda 40 mingdan ziyod sanoat korxonalari o’z ish faoliyatlarini olib bormoqda. O’tgan yili To’qimachilik va yengil sanoatning 2014 – 2020 yillarga mo’ljallangan rivojlanish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Kontseptsiyaga muvofiq 2020 yilga borib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 6.97 trln. so’mga oshirish rejalashtirilgan. Bulardan 296 mln. donasi tikuvchilik sanoati mahsulotlari bo’lishi ko’zda tutilgan. Tikuvchilik sanoati yengil sanoatning asosiy yirik qatlamlaridan biridir. Tikuvchilik sanoatining asosiy maqsadi – insonlarning yuqori sifatli va turli assortimentdagi kiyimlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir. Bunday ko’rsatkichga erishishda zamonaviy texnika va texnologiyalar, asbob – uskunalar hamda yetuk malakali mutaxasislar bilan ta’minlangan tikuvchilik korxonalarining o’rni beqiyosdir.