Barcha kimyoviy jarayonlar issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan ro’y beradi. Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik (Q>O, DH<O), issiqlik yutilishi Q<O,DH>O) bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi.