O`tkan kunlar... Xalqimizning o`tkan kunlari... Bu asarni sevib o`qimagan, asar asosida suratga olingan filmi ko`rib zavqlanmagan adabiyot shaydosi bo`lmasa kerak... "O`tkan kunlar" garchi muallif yozganidek, yangi zamon ro`monchilig`i bilan tanishish yo`lida kichkina bir tajriba, yana to`g`risi bir xavas bo`lsa-da, hali shu kunga qadar o`zbek adabiyotida unga yetadigan asar yaratilmadi...