Uchinchi ming yillikning boshlanishi ikki muhim tendensiya bilan baholanadi. Birinchidan hozirgi sivilizatsiya global ekologik muammolarga jumladan, iqlim o’zgarishi, ozon qatlami yemirilishi, ichimlik suvining tanqisligi va ifloslanishi, yer va o’rmonlar tanazzuli, biologik xilma-xillikning qisqarishi, ortiqcha chiqindilarning hosil bo’lishi hamda ularni utilizatsiya qilish duch keldi. Ikkinchidan, dunyo jadal sur’atlar bilan o’zgarib bormoqda