Mazkur mo`jaz tadqiqotimiz To`lan Nizom ijodini adabiyotshunosligimizda birinchi bor o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Bu ishda shoirning o`zbek adabiyotida tutgan o`rni, adabiyotimizga qo`shgan hissasi, dostonlarida tarixiy shaxslar va istiqlol davri qahramonlari va ularning ruhiyati hamda xarakterlari talqini atroflicha tadqiq etiladi.