Mazkur o`quv qo`llanmaning birinchi nashri chiqqanidan keyingi yillari Respublikamiz qishloq xo`jaligida katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Prezidentimiz I.Karimov tashabbuslari bilan fermerlik xo`jaliklari yiriklashtirilganligi tufayli ular ko`proq avtomobillar, traktorlarni, ular bilan agregatlanadigan mashinalarni xarid qilib, dehqonchilikda bajariladigan ishlarni deyarli to`liq mexanizatsiyalashtirishga yerishmoqdalar. Natijada, qishloq xo`jaligida mehnat unumi ortib, yetishtirilayotgan mahsulotlarning tannarxlari pasaymoqda, daromad oshmoqda. Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni mobil energetik vositalari bo`lgan traktor va avtomobillarsiz bajarib bo`lmaydi.