O`quv qo`llanmada binolarni ichimlik suvi, issiq suv bilan ta’minlash tizimlari, binolarning ichki oqova suv tarmoqlari, sovutish, shamollatish tizimlari, binolarni gaz bilan ta’minlash tarmoqlari va issiqlik ta’minoti tizimiga o`rnatiladigan muhandislik jihozlari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, issiqlik tashuvchi, suv o`tkazuvchi, oqova suv quvurlari va tizimlarida foydalaniladigan materiallar, sarfni o`lchovchi hisoblagichlar tasnifii hamda turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur o`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlari o`quvchilari uchun mo`ljallangan.