Bitiruv malakaviy ishining  nazariy  va amaliy ahamiyati.  Alisher Navoiyning  barcha she’riy va nasriy asarlarida uchragan sabrning ma’nolari alohida-alohida talqin etildi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati quyidagilarda ko`rinadi: 
- Navoiy asarlarida uchraydigan sabr tushunchasi ilk marta o`zbek adabiyotining so`nggi yutuqlari  asosida o`rganildi; 
- ishda  olingan ilmiy natijalardan o`zbek adabiyotidan o`quv qo`llanmalari, ma`ruza matni tayyorlashda, referat, seminar, amaliy mashg`ulot darslarida foydalanish mumkin; 
- shuningdek,   o`zbek adabiyoti tarixi  kursi bo’yicha Navoiy asarlarini o`rganishda qo`shimcha material bo`lib xizmat qiladi.