Geodeziyaning vazifalari geodezik o`lchamlar deb ataluvchi Yer sirtida bajariladigan maxsus o`lchamlar orqali amalga oshiriladi. Bunday o`lchashlar maxsus geodezik asboblar
yordamida bajariladi. O`lchashlarni bajargandan so`ng ular natijalari matematik ishlab chiqarilib, zarur qiymatlar topiladi. Geodeziya fani bir qancha mustaqil ilmiy-texnik fanlarga
bo`linadi. Yer shakli va o`lchamini aniqlash, mamlakat hududi kartalarini tuzish uchun kerakli bosh davlat geodezik asosni barpo etishda katta maydonlarda olib boriladigan aniq o`lcham ishlarini ta’minlash, yer ustki qobig`ining gorizontal va vertikal siljishini geodezik usullarda aniqlash bilan oliy geodeziya shug`ullanadi.