Mazkur o`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlari geodeziya yo`nalishi uchun tasdiqlangan fanlar dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda Yer shakli va o`lchamlarini oriyentirlash, an’anaviy va elektron topografik kartalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Geodezik o`lchashlar turlari, o`lchash asboblari va ularda joyning syomkalarini bajarish, natijalarni ishlab chiqib plan, profillarni tuzish masalalari yoritilgan. Shuningdek, kitobda syomka tarmoqlari va ularni tenglash, GPS geodezik tizimlari, qurilishda rejalash ishlari, yirik masshtabli
topografik syomkalarni bajarish ham berilgan. Kitob oliy o`quv yurtlarining bakalavriat yo`nalishi talabalariga o`quv qo`llanma sifatida tavsiya etiladi.