Tajribali va iqtidorli yosh tadqiqotchilar tomonidan sport mashg’ulotlarini tashkil qilishning xalqaro andozalari, yetakchi murabbiylarning ish tajribalari ham davr talablari asosidagi faoliyatlari izchillik bilan o’rganilmoqda. Olimpiya zaxiralari kollejlari, yangidan tashkil etilayotgan litseylar, sport maktablari, sport klublarining faoliyatlari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlarning diqqat markazida turibdi.