«Spirtli va spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarish jihozlari» o`quv qo`llanmasi kollej o`quvchilari uchun mo`ljallangan bo`lib, qo`llanmada solod va pivo ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan donni tozalash, yuvish va bo’ktirish uskunalari, don undirish va pivo sharbatini pishirish agregatlari, bijg`itish tanki kabi jihozlarning tuzilishi va texnologiyalari haqida batafsil ma’lumotlar yoritilgan. Shuningdek, spirt ishlab chiqarish korxonalarida donlarni tozalash va navlarga ajratuvchi mashinalar, maydalash mashinalari, pishirish kolonnasi, qandlashtirish uskunalari, spirt tutgich, bragorektifikatsion apparatlarning tuzilishi va ishlash prinsipi, salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari jihozlaridan saturatorlarning turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi hamda suvni tozalash usullari keltirilgan