O`quv qo`llanmada sanoat va fuqaro bino va inshootlarini barpo etishda bajariladigan qurilish ishlari texnologiyasining nazariy asoslari, uslublari va usullari shuningdek, ketma-ket ravishda qurilish texnologiyalarining umumiy masalalari, umumqurilish ishlari va ularni bajarishdagi jarayonlarning tarkibi va ularni bajarishda mexanizatsiyadan foydalanish berilgan. Mazkur o`quv qo`llanma Bino va inshootlar qurilishi yo`nalishida ta’lim olayotgan o`rta va maxsus o`quv yurtlari 3580201 – «Bino va inshootlar bo`yicha texnik arxitektor» kasbi o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Shuningdek, ushbu qo`llanmadan 340200 – «Bino va inshootlar qurilishi» yo`nalishi bakalavrlar, 5A340202 – «Qurilishni tashkil etish texnologiyasi (Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi)» magistrlar mutaxassisligi, quruvchilar va shu sohaga yaqin mutaxassislar foydalanishi mumkin