Mazkur o`quv qo`llanmada Yerning rasmi va gravitatsiya maydoni, davlat geodezik tarmoqlari va ularni qurishning nazariy masalalari bayon etilgan. Yuqori aniqlikdagi teodolitlar, ularning tadqiq qilish, burchak o`lchash nazariyasi va usullari berilgan. O`quv qo`llanmada davlat nivelirlash tarmoqlari, ularni barpo etish, yuqori aniqlikdagi nivelir va invar reykalarning tuzilishi, nivelirlash usullarining nazariyasi va usullariga misollar keltirilgan. Geodezik tarmoqlarni tekislikda tenglashtirishning asosiy usullaridan korrelat va parametrik usullari keng yoritilgan