Ushbu o`quv qo`llanma Respublika Televideniya va radio kasb-hunar kolleji o`quvchilari uchun, asosan «Ovoz operatori» bo`limi o`quvchilariga mo`ljallangan. «Musiqa nazariyasi», «Musiqa akustikasi», «Fonogramma va texnik tahlil» qo`llanmalari radiodagi amaliyot, keyinchalik ish faoliyatida muntazam to`qnash keladigan jarayonlar bilan bog`liq. Shuningdek, «Tasvirchilar», «Tasvir montajchilari» va «Maxsus yoritish» bo`limlari o`quvchilari ham «Ovoz operatorlari» bilan doimiy hamkorlikda bo`ladilar. Tayyor mahsulotni ovozlashtirishda yoki tasvirga olishda bu olgan bilimlari doim qo`llaniladi. Maxsus yoki umumkasbiy fanlar qatorida bu soha bo`yicha o`quvchilarga birdek ta’lim berishda o`quv qo`llanmadan unumli foydalanish mumkin