Ushbu o`quv qo`llanma o`rta maxsus kasb-hunar ta’limining «Maktabgacha ta’lim» yo`nalishi bo`yicha ta’lim olayotgan o`quvchilar uchun mo`ljallangan.
«Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi» o`quv qo`llanmasida umumiy psixologiya fanining asoslari, ilmiy-tadqiqot metodlari, ilmiy tushunchalar va kategoriyalarni; psixika va ong, shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, shaxsning psixik jarayonlari, holatlari, xususiyatlari, hamda maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi; bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlari, faoliyati, psixik jarayonlari, bolalar shaxsining shakllanishi, bolalar psixodiagnostikasi kabi masalalar keng yoritib berilgan. Mavzularni o`qitish va o`zlashtirish uchun turli metodlar, o`quv vositalari va ularga mos o`qitish shaklini tanlash, pedagogik amaliyot bilan bog`lash o`qituvchining kasbiy mahoratidan kelib chiqadi.