«Magistral gaz quvurlariga xizmat ko`rsatish» fanida neft va gazni tashish va saqlash qurilmalari texnik-mexanik yo`nalishi bo`yicha tayyorlangan 500000 – «Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari», 3540300 – «Neft va gaz ishlari», 3540301 – «Neft va gazni tashish va saqlash qurilmalari texnik-mexanigi», ta’lim yo`nalishi o`quvchilariga mo`ljallangan. «Magistral gaz quvurlariga xizmat ko`rsatish» fani «Nasos va kompressor stansiyalari» fani bilan o`zaro bog`liq bo`lib, ular bir-birini to`ldiradi. Magistral gaz quvirlariga xizmat ko`rsatish ularni to`xtovsiz ishlashini kafolatlaydi. O`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlarining o`quvchilariga hamda neft va gaz sanoatida ishlayotgan kichik mutaxassis kadrlar uchun mo`ljallangan.