Tayyorlangan ushbu o`quv qo`llanmada aholi yashash hududlari, istirohat bog`lari, o`quv maskanlari, shifoxonalar va sanoat korxonalari, avtomobil va temiryo`l bekatlari atrofida olib boriladigan ko`kalamzorlashtirish ishlarining uslublari, ko`kalamzor hududlar yer maydonlarini tayyorlash, drenaj tizimi, yer osti va usti kommunikatsion tizimlarini qurish, ekiladigan manzarali daraxt va buta ko`chatlarini joy sharoitiga qarab to`g`ri tanlash va ularni joylashtirish bo`yicha ekish sxemalari to`liq bayon etilgan.
Shuningdek, kitobda manzarali o`simliklarning bir-biri bilan yoki arxitektura qurilish inshootlari bilan uyg`unlashgan holda joylashtirib borish, manzarali o`simliklarning gullash davri ketma-ketligi va ularning manzarali xususiyatlari keltirilgan. Ushbu kitobda bugungi kun zamonaviy