Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha korxonalardagi kadrlar bilan ishlash bo`limlari O`zbekiston Respublikasi qonunlari asosida ishlab chiqilgan yo`riqnomalar asosida ish yuritish tashkil etilgan.
Qo`lingizdagi o`quv qo`llanma o`rta maxsus kollejlarida «Kadrlar bilan ishlash» fanini o`qitishda juda qulay, tushunarli, shuningdek, ushbu sohada yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarni hal qilish kabi masalalar bo`yicha kerakli maslahatlar berilgan.
Ushbu o`quv qo`llanma nafaqat kollejlarda o`qitish, balki korxona kadrlar bo`limlari uchun ham zaruriy qo`llanma sifatida xizmat qiladi, deb umid qilamiz