«Obyektga mo`ljallangan dasturlash» o`quv qo`llanmasi axborot tizimlari bo`yicha
mutaxassislar tayyorlashga yaqindan yordam beradi. Dasturiy ta’minotni yaratish va uni
rivojlantirish tizimli administrlash va ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini loyihalash
bilan birga kompyuter mutaxassislarining ham eng asosiy vazifalaridan biridir. Hisoblash
mashinalarini ishlab chiqarish, aloqa, boshqarish tizimlari va hujjat yuritish barcha sohalarda
keng qo`llanilishi uzluksiz murakkablashib boruvchi ko`p hajmdagi dasturiy ta’minotni talab
qiladi. Yaqindagina dasturlash san’at hisoblangan bo`lsa, hozirgi davrda mutaxassislikka,
ayrim shaxslar va katta jamoalar ishiga aylandi.
Ushbu o`quv qo`llanmada obyektga mo`ljallangan dasturlashning kelib chiqish omillari
va rivojlanishi, asosiy tamoyillari, UML asosida loyihalash, C++ tilida obyektga
yo`naltirilgan dasturlash haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
O`quv qo`llanma akademik litsey va kollejlar o`quvchilari, o`qituvchilari, oliy o`quv
yurtlari talabalari hamda mustaqil o`rganuvchilar uchun mo`ljallangan.