«Defektoskopiya va diagnostika» fanida neft sanoati asbob-uskunalari nuqsonlarini aniqlash, ish holatini nazorat qilishning ko`chma va ko`chmas usullari yoritilgan. Nuqsonlarni aniqlashni: ultratovushli, magnit kukunli, tok-virxli va radiatsiya kabi samarador usullari ko`rib chiqiladi. Nuqson aniqlashning metodik qo`llanmasi berilgan. Tashxis natijalaridan foydalana bilish neft va gaz haydash agregatlari ishlatishni progressiv yo`nalishiga olib boradi. Tebranishni nazorat qilish ta’mirlashlar oraliq davrini oshiradi.
Taqdim etilayotgan o`quv qo`llanma ilk marotaba lotin imlosida yozilgan bo`lib, kasb-hunar kollejlarining 3540301 – «Neft va gazni tashish va saqlash qurilmalari texnik-mexanigi», 500000 – «Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari», 3540300 – «Neft va gaz ishlari» kasbi bo`yicha kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan talabalar hamda neft va gaz sanoatida ishlayotgan kichik mutaxassislar uchun mo`ljallangan.
Mazkur ilmiy-amaliy yondashib yozilgan risola dasturamal bo`la oladigan ommabop tilda bayon qilingan o`quv qo`llanmadir.