Ushbu o`quv qo`llanma ixtisoslikka yo`naltirilgan o`rta maxsus kasb-hunar kollejlari o`qituvchi va o`quvchilari uchun mo`ljallangan bo`lib, «Chizma geometriya, soyalar nazariyasi va perspektiva» fani bo`yicha tuzilgan namunaviy darslik asosida yozilgan. Undan o`quvchilar bilimini baholash, grafik ishlarini mustaqil bajarishda yordamchi adabiyot sifatida foydalanish maqsadga muvofiq.
Qo`llanmada ortogonal va aksonometrik proyeksiyalar yasash va aksonometriyada soyalar, perspektiv tasvirlar va perspektivada soyalar yasash haqida qisqacha ma’lumot berilgan