Mazkur «Bino interyer jihozlari va arxitektura qismlarini loyihalash» nomli o`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlarining «Bino va inshootlar arxitekturasi» mutaxassisligi uchun mo`ljallangan bo`lib, unda binoning konstruktiv tizimlari va arxitekturaviy shakllari hamda arxitekturaviy chizma haqida tushuncha, arxitekturaviy loyihalashning boshlang`ich o`quv mavzulari, interyer tarixi, interyer va undagi uslublar, arxitekturaviy grafika usullari haqida tushunchalarni asosiy maqsad qilib oladi. Chunki, fanning asosiy maqsadi, nafaqat o`quvchi o`quv maskanini bitirib texnik arxitektor mutaxassisligini egallashi, balki to`laqonli arxitektorlik va interyer loyihalash mutaxassisligini egallashi uchun ularni arxitektor-dizayn va interyer loyihalash bo`yicha mutaxassislar tayyorlovchi institutlarga ham tayyorlashi kerak