Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnalogiyalari iboralari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashinish, ularni uzatish inson faoliyatning asosiy negizini tashkil etadi.