Ma’lumki, har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo`yicha ilg`or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo`llash keng ko`lamda amalga oshiriladi.