Hozirda davlatlar o’rtasidagi o’zaro musobaqa, kuch-qudratini namoyon etish bellashuvi, asosan ikki yo’nalishda – sport va jismoniy tarbiya hamda aql-zakovat, ya’ni intellektual faoliyat sohasida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy ta’bir bilan aytganda, xalqning jismoniy-intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, bu borada tegishli zaxiralarni shakllantirish XXI asrda taraqqiyot va yuksalish kafolatiga aylanib bormoqda.