Sport tibbiyoti ilmini o’zlashtirish jarayonida talabalarning yetuk mutaxassis bo`lishlari inobatga olingan. Shu boisdan jismoniy rivojlanishni va odam organizmining funktsional holatini aniqlash, jismoniy ish qobiliyatini va funktsional tayyorgarligini testlar yordamida aniqlash va baholash, sport mashulotlari va musobaqalar jarayonida tibbiy-pedagogik kuzatuvlarni o’tkazish va sport shikastlanishlarining oldini olish, sport patologiyasi kabi nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishga aloxida ahamiyat berish.