Mustaqillik yillarida biz ijtimoiy – siyosiy jarayonlar odamlar hayotini keskin tarzda bir o’zandan ikkinchi o’zanga burib yuborgan, hayotimiz butunlay boshqacha tus olgan va turmushimiz o’zgacha mazmun kasb etgan murakkab ruhiy – ma’naviy holatni boshdan kechiryapmiz. Yillar mobaynida qotib qolgan tushunchalarimiz o’zgarmoqda va mudrab qolgan ongimiz uyg’onmoqda.